Oxirgi kunlar davomida Sitsiliya bo‘g‘ozida 2,9 mingga yaqin qochoqlar qutqarildi, deb xabar beradi “TASS” Rai News 24 telekanali ma’lumotiga tayanib.
29-iyun, dushanba kuni xabar qilinishicha, Italiya qirg‘oq soqchiligi xizmati jami 21 ta qutqaruv operatsiyasini amalga oshirdi. Yil boshidan buyon Italiyani Shimoliy Afrika qirg‘oqlaridan ajratib turuvchi bo‘g‘ozda 60 mingga yaqin qochoqlar qutqarildi.
Mamlakatda kirib kelayotganlarni qabul qilish bilan bog‘liq favqulodda holat saqlanmoqda. Uch haftadan beri qochoqlar Italiyaning Ventimilya shahridagi Fransiya bilan chegaradan o‘ta olmayapti. U yerda Fransiyaning jandarmeriya bo‘limi saqlanmoqda.
Italiya va Gretsiyaga O‘rtayer dengizi orqali yetib kelgan qochoqlarni Yevropa Ittifoqi davlatlariga taqsimlash kvotasi haqidagi masala 25-iyun kuni Bryusselda boshlangan YeI sammitida muhokama qilingan edi. Biroq u Italiya uchun kutilgan natijani olib kelmadi.
Izoh (0)