Social Science & Medicine jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalari oilali ayol va erkaklar yolg‘iz odamlardan ko‘ra semirishga moyilroq ekanini aniqladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Shifokorlar bu bilan oilaviy hayot sog‘lom turmush tarziga sharoit yaratishi to‘g‘risidagi fikrni inkor etdi. Olimlar inson bo‘yi va vazni mutanosibligini o‘lchab ko‘rish uchun Avstriya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Polsha, Rossiya, Ispaniya singari to‘qqizta mamlakatda 10 226 kishini sinovdan o‘tkazdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, ushbu indeks uchun normal holat 18,5 dan 25 gacha bo‘lgan ko‘rsatkichda bo‘ladi. Tadqiqot esa uylangan erkaklarda bu o‘rtacha 26,3 ga, uylanmaganlarda 25,7 ga tengligini ko‘rsatgan. Ayollarda esa mos ravishda 25,6 va 25,1 ga tengligi ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)