Fransiyada Dominik Kortez ismli ayol o‘zining sakkiz nafar farzandi tug‘ilgach, ularni bo‘g‘ib o‘ldirgani va yerga ko‘mib yashirgani uchun sud oldida javob beradi, deb xabar qilmoqda “Oximity.com”.
Jinoyat haqida besh yil oldin ma’lum bo‘lgan – o‘shanda ayblanuvchining sobiq uyi hududidan ikki chaqaloqning qoldiqlari topilgan. Boshqalari esa ayolning yangi uyi hududidan qazib olingan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, farzandlarini o‘zining otasidan bo‘lgan deb o‘ylagani uchun o‘ldirgan.
Ushbu dahshatli voqealar 10 yil davom etgan. Kortezning yana ikki nafar katta qizi borligi aytilgan. Agar ayol aybdor deb topilsa, umrbod ozodlikdan mahrum etiladi. Sud bir haftadan keyin bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)