Mavsumlar oralig‘ida Belorussiyaning “Neman” klubidan “Slutsk” jamoasiga o‘tgan Sergey Levitskiy yangi klubi bilan ona shahrida eski jamoasiga qarshi maydonga tushdi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
https://youtu.be/Lyh3hYOTafA
“Slutsk” maydon egalarini 4:0 hisobida tor-mor keltirdi, o‘yinga nuqtani aynan Levitskiy qo‘ydi. Ajoyib gol urgan Sergey zaxira o‘rindig‘i yonidan yugurib tribunaga yo‘l oldi.
U yerda futbolchi o‘z qaylig‘ini chaqirdi va tiz cho‘kib, qizil qutichani ochdi, uning ichida esa unashtiruv uzugi bor edi.
Izoh (0)