2015-yilning 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
TIV Rahbari Rossiyaning taniqli davlat va jamoat arbobi, sobiq Bosh vazir va tashqi ishlar Vaziri Yevgeniy Primakov vafoti munosabati bilan Elchi Vladimir Tyurdenevga ta’ziya bildirdi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning sobiq bosh vaziri, sobiq tashqi ishlar vaziri Yevgeniy Primakov 26-iyun kuni Moskvada 86 yoshida vafot etgandi.
Izoh (0)