Nyu-York shtatidagi qamoqxonadan qochgan mahbus Richard Mett o‘zini politsiyaga topshirmasligini ma’lum qilganidan so‘ng otib o‘ldirildi, deb xabar beradi “RBK”.
Hodisa Kanada chegarasi yaqinidagi o‘rmonda yuz berdi. Gubernator Endryu Kuomoning aytishicha, politsiya mahalliy aholining kemping yaqinidagi treylerdan o‘q ovozi eshitilganligi haqidagi xabari asosida Richard Mettni topdi. Politsiya boshlig‘i Jozef D’Amikoning ta’kidlashicha, Mett politsiyaning qo‘lini ko‘tarish haqidagi talabiga bo‘ysunmaganidan so‘ng otib o‘ldirildi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qamoqxonadan qochgan ikkinchi mahbus Devid Svuet qidirilmoqda.
Izoh (0)