Chevrolet kompaniyasining bortida Apple CarPlay tizimi o‘rnatilgan 650 ot kuchiga ega Corvette Z06 sportkarlari konveyerdan chiqayotgani aks etgan fotosuratlar internetda tarqaldi, deb xabar bermoqda “3Dnews.ru”.
Shuningdek, General Motors konserni yangilangan Cruze avtomobillarida ham ushbu tizimni o‘rnatadi. Chevrolet’ning jami 14 ta modeli 2016-yil davomida CarPlay texnologiyasi bilan ta’minlanadi.
Apple’ning CarPlay tizimi 7 yoki 8 dyuymli displeyda ishlovchi MyLink axborot-ko‘ngilochar majmuasi o‘rnatilgan avtomobillarda ishlaydi. Shuningdek, ularning ba’zilarida Google’ning Android Auto tizimi ham ishlashi aytilgan.
Izoh (0)