Yaponiyaning Itochu korporatsiyasi AQShning Samson Resources Corp. slanets kompaniyasidagi 25 foizlik ulushini 1 dollarga sotdi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
2011-yilda yapon korporatsiyasi bu loyihaga kirgan vaqtda ushbu aksiyalar paketi uchun 1,04 milliard dollar to‘lagan edi. Loyihadan chiqish haqidagi qaror Shimoliy Amerika gaz bozori kelajagi haqidagi salbiy prognozlar tufayli qabul qilingan.
Qayd etilishicha, 2012-yilga kelib slanets gazi narxi keskin tushib ketgach, Itochu o‘z hissasining dastlabki qiymatining 80 foizini yechib olgan. Hozirga kelib esa, bu mablag‘ to‘liq yechib olingan bo‘lib, ulushning 1 dollarga sotilishi kompaniyaning sof foydasiga ta’sir ko‘rsatmasligi aytilgan.
Izoh (0)