JARda Zimbabve ikkinchi vitse-prezidentining turmush o‘rtog‘i Lorinda Mpoko tunab ketildi, deb xabar beradi The Zimbabwe Mail.
Jinoyat o‘tgan hafta sodir etildi. Mpoko va yana besh nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtomashina Oriental Plaza mehmonxonasiga borayotganda, to‘rt nafar bosqinchi tomonidan to‘xtatildi. Politsiya nishonini ko‘rsatgan bosqinchilardan biri to‘pponcha bilan, boshqalari esa pichoq bilan qurollangan edi.
Mahalliy politsiya vakili, podpolkovnik Lungelo Dlaminining so‘zlariga qaraganda, yo‘lovchilardan yoqut va olmos ko‘zli uzuk, bilaguzuk, qo‘l soati, smartfon va naqd pullar olib qo‘yilgan. O‘g‘irlangan narsalar million rend (81,87 ming dollar) atrofida baholandi. Hozircha hech kim hibsga olinmadi.
Izoh (0)