Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida kanalar paydo bo‘lganligi tufayli xodimlar qisman evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Hasharotlar BMT tinchlikparvar missiyalarining moddiy—texnikaviy ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi departament joylashgan 34-qavatda paydo bo‘lgan. Ikkita xonada kanalar aniqlangach, binoga dezinseksiya xizmati taklif qilingan.Qayd etilishicha, barcha ehtiyot choralari ko‘rilgan va 34-qavatda xodimlar sonini maksimal darajada qisqartirishga qaror qilingan. BMT Kotibiyati hasharotlar paydo bo‘lishi dunyoning ko‘plab yirik shaharlari uchun odatiy hol ekanligini va Nyu-York ham istisno emasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)