Olmaliq kon metallurgiya kombinati 2015—2016-yillarda “Qalmoqqir” konidagi istiqbolli rudalarni ishlab chiqish uchun 101,1 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Kombinat loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishni yakunlagan va 2015-yilning ikkinchi yarmida mis ajratib olishning eng samarali usulini yo‘lga qo‘yishni boshlaydi.
Loyihani amalga oshirish chog‘ida 2017-yilga borib qo‘shimcha 4 million tonna ruda qayta ishlay oladi va bu qisqa muddatli istiqbolda mis ishlab chiqarishni 3—4 foizga ko‘paytirish imkonini beradi. Loyiha O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, O‘zbekiston banklari kreditlari va kombinatning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Izoh (0)