O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yildagi 499-son qaroriga muvofiq radiochastota spektridan unumli foydalanish hamda radiochastota spektrini industrial radioxalaqitlardan himoya qilish maqsadida 2015-yil uchun tasdiqlangan rejaga asosida Andijon viloyati elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan Andijon viloyati YXXB YPX hamkorligida joriy yilning 12-iyun kuni Oltinko‘l tumani hududi 36-YPX maskanida avtoulovlarning dvigatellaridan chiqayotgan industrial radioxalaqitlarnngi me’yorlari bo‘yicha texnik o‘lchov ishlarini amalga oshirish va avtoulovlarga radioelektron vositalarni o‘rnatilishini qonuniyligini aniqlash yuzasidan qo‘shma reyd o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Elektromagnit moslashuv markazi.
O‘tkazilgan reyd jarayonida viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan 36-YPX maskanidan harakatlanayotgan avtoulovlar o‘rnatilgan tartibda to‘xtatib berildi. Shundan so‘ng, Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari to‘xtatilgan avtoulov haydovchilariga o‘zlarini tanishtirib, tegishli tushunchalar berdi. Shu bilan birga, avtoulov haydovchilari ishtirokida avtoulovlardan tarqalayotgan industrial radioxalaqit me’yorlari bo‘yicha tegishli o‘lchash ishlari olib borildi.
Amalga oshirilgan texnik o‘lchov natijalariga ko‘ra olingan ma’lumotlar bayonnomalar tuzilib, avtoulov haydovchilariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga radioelektron vositalarni avtoulovlarga o‘rnatish holatlarini qonuniyligini tekshirish maqsadida antenna qismlari o‘rnatilgan avtoulovlarni aniqlash yuzasidan kuzatuv ishlari amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida radioelektron vositalarning antenna qismlari o‘rnatilgan avtoulovlar aniqlanmadi. Ushbu o‘tkazilgan reyd natijasida radioelektron vositalarni avtoulovlarga noqonuniy ravishda o‘rnatish va foydalanish holatlarini sodir etish oldi olindi hamda radiochastota spektri industrial radioxalaqitlardan himoya qilindi.
Izoh (0)