Oson pul topishni maqsad qilgan samarqandlik ishsiz fuqaro R. Zafar Toshkentga kelib o‘zini elektr tarmog‘i xodimi deb tanishtirib, Sergeli tumanidagi xonadonlardan pul terib yurdi. Bu haqda “12news.uz” “Ogoh” gazetasiga tayanib xabar beradi.
Xonadonlardan biridagi elektr hisoblagichni tekshirgan Zafar xonadon sohibiga “jarima solib”, undan 432 ming so‘m undirdi. U kvitansiyani qalbakilashtirib, boshqa kishi nomidan bankka 12 ming so‘m topshirdi. Pullarning qolgan qismini esa o‘zlashtirdi.
Pullarining ko‘rsatilgan manzilga yetmaganligini tushungan xonadon egasi tegishli organlarga murojaat qildi. Qoidabuzar tezda qo‘lga olindi.
Izoh (0)