Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xovos tumani, Karvonsaroy mahallasi, Gulzor ko‘chasi, 41-uyda istiqomat qiluvchi, tumandagi 12-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Muhayyo Mirzaliyevaning oila a’zolari eski uylarini buzayotib, pol taxtasi tagini kavlaganlarida antiqa topilmaga duch keldi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi rasmiy saytiga tayanib, “UZ24” xabar qilmoqda.

Foto: uz24.uz

Foto: uz24.uz

U yerdan qandaydir hayvonning suyak qoldiqlari chiqdi. M.Mirzaliyeva geografiya fani o‘qituvchisi bo‘lgani bois, bu suyaklarning odatdagi hayvon suyaklariga o‘xshamasligini payqadi va ularni viloyat o‘lkashunoslik muzeyiga keltirdi.

Muzey xodimlari kutubxonadan shu sohaga oid kitoblarni olib kelib, dinozavrlar oilasiga mansub hayvonlarning skeletlariga qarab, suyaklarni restavratsiya qilib mutaxassislarni taklif qildi.

Taniqli olim Boymirza O‘roqovning ma’lumot berishicha, geologik eralar – arxey, proterazoy, poleozoy, mezazoy, kaynazoy sanaladi. Mezazoy erasining Trias davrida yashash uchun kurash, tabiiy tanlash va irsiy o‘zgaruvchanlik tufayli tanasi kalamushdek keladigan sut emizuvchilar tuxum qo‘yib, ko‘paygan. Mezazoy erasining Yura davriga kelib, 20—25 metr keladigan o‘txo‘r sut emizuvchilar paydo bo‘lgan va ular dinozavrlar deb atalganligi manbalarda qayd etilgan.

“Bu topilmani mezazoy erasiga tegishli bo‘lgan sut emizuvchi hayvonga tegishli skelet deyishga asos bor. Demak, yuzlab million yillar avval viloyat hududida mana shunday hayvonlar yashagan”, — dedi olim.

Bu hayvonning suyaklari saqlanib qolganiga sabab esa tabiiy sharoit mavjud bo‘lgani, ya’ni har tomonlama qulay va quruq joy bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Mazkur qimmatli topilmaga aniqlik kiritish uchun arxeolog olimlarni taklif etish rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi