O‘zbekistonda 2017-yilgacha pensionerlarning 10 mingta uy va kvartiralari “Mahalliy” va “Nuroniy” jamg‘armalari hamda homiylar ko‘magida joriy yoki kapital ta’mirdan chiqariladi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Shuningdek, 54,5 ming nafarga yaqin faxriylar, keksalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlari vakillarini sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari aholining ushbu toifasi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat organlarining joylarda xizmat ko‘rsatish ishlari faollashtiriladi.
Izoh (0)