O‘zbekiston 2015-yilda mamlakat bozorlaridagi narx-navo barqarorligini saqlash uchun qish mavsumiga 70 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlab qo‘yishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi UzDaily.
Jumladan, “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi korxonalari 17 ming tonna kartoshka, piyoz, qariyb 20 ming tonna meva va sabzavotlar, shuningdek 500 tonna go‘sht tayyorlashni rejalashtirmoqda.
Bu mahsulotlar mamlakat bozorlarida dekabrdan maygacha sotiladi. Buning uchun joriy yil bahorida dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha 60 milliard so‘mdan ko‘proq qiymatga ega shartnomalar tuzilgan.
Izoh (0)