Indoneziyaning Bali orolida uzun dumli makaka britaniyalik sayyoh qizning GoPro rusumli kamerasini tortib olib, unda o‘zini suratga oldi, deb xabar beradi The Daily Mail.
23 yoshli Lizzi Veyr maymunni va uning turdoshlarini tropik o‘rmonda uchratdi. Makakalarga berish uchun o‘zi bilan bananlar olib kelgan Shimoliy Devon fuqarosiga ulardan ikkitasi yaqin keldi. Ulardan biri turist qizning boshiga chiqib oldi, boshqasi uning kamerasini tortib oldi.
Veyrning so‘zlab berishicha, maymun kamerani o‘ziga qaratib uning obyektivini yaladi, so‘ngra o‘zini suratga ola boshladi.
Izoh (0)