14-iyun Xalqaro donorlar kuni munosabati bilan Toshkentdagi Respublika Qon quyish markazida 13-iyun kuni bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Sayyod.com”.
Joriy yilning 14-iyun sanasi yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli shanba, 13-iyun kuni tadbir bo‘lib o‘tdi.
Aktyor Adiz Rajabov boshlovchilik qilgan tadbirni Gemotologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti direktori Saidov A’lonur Baxtinurovich shu kungi yig‘ilgan faxrli donorlarga tabrik va tilaklari bilan ochib berdi. Tadbirni xonandalardan Manzura ochib berdi.
Qon quyish stansiyasi bosh shifokori o‘rinbosari Chuprova Valentina Aleksandrovna, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Maxmudova Aziza Jumanovna va bosh shifokor Mo‘minov Baxrom Istamovichlar ham so‘zga chiqdi.
O‘zbek estradasining ko‘plab vakillari ishtirok etgan tadbirda donorlik harakatida faol qatnashib kelayotganlar taqdirlandi.
Izoh (0)