“O‘zbekko‘mir” kompaniyasi 2014-yilda 4,3 million tonnani tashkil qilgan ko‘mir qazib chiqarish hajmini 2018-yilga borib 11 million tonnaga yetkazmoqchiligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Ko‘mir qazib chiqarish hajmining oshishi uning issiqlik energetika balansidagi ulushi 5 foizdan 20 foizga chiqishiga, shuningdek issiqlik elektr stansiyalarida ishlatiladigan 2 milliard metr kub gaz tejalishiga sabab bo‘ladi.
Ushbu ko‘rsatkichlarni qayd etish uchun 2015—2018-yillarda qiymati 560 million dollarlik sohani modernizatsiya qilish dasturi amalga oshiriladi. Jumladan, eskirgan uskunalarni yangilashga 232,9 million dollar, qo‘ng‘ir ko‘mir qazib chiqarish hajmini oshirishga 106,5 million dollar, tosh ko‘mir qazib chiqarish hajmini oshirishga 101,3 million dollar sarflanadi.
Izoh (0)