KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat harbiy dengiz kuchlari qurolli qismlariga kelib tushgan yangi turdagi kemaga qarshi raketalar uchirilishini kuzatdi, deya xabar bermoqda “TASS” Koreya axborot agentligiga tayanib.
O‘quv mashg‘ulotlari KXDRda Sharqiy dengiz deb ataluvchi Yapon dengizi akvatoriyasida o‘tkazildi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, raketalarning barchasi nishonni — “shartli dushman kemasi”ni aniq borib urgan. Kim Chen In bunday raketalar “mamlakat harbiy dengiz kuchlari jangovarlik qobiliyatini ancha oshirish” imkonini berishini aytdi.
Izoh (0)