Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: newsx.com

Foto: newsx.com

Avariya Xarchandpur qishlog‘i yaqinida yuz bergan. Yuk mashinasi ziyoratchilarni olib ketayotgan tirkamali ikki traktorga borib urilgan. Halok bo‘lganlar orasida 12 nafar ayol va besh nafar bola borligi aytilmoqda.

Jabrlanuvchilarning barchasi yaqin oradagi kasalxonalarga yetkazilgan, ulardan ba’zilarining ahvoli juda og‘ir. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga yuk mashinasi haydovchisi tezlikni oshirgani sabab bo‘lgan.

Hindiston yo‘l-transport hodisalaridagi o‘lim holatlari soni bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. 2011-yili mamlakat yo‘llaridagi avariyalar sabab 140 mingga yaqin kishi, 2012-yili 150 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda banan narxi oshib bormoqda. Endi meva iste’moli kamayadimi?
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr