Germaniyaning Buxen shahrida 34 yoshli Afrika sirk fili saroydan qochib, bir kishiga o‘limga olib keluvchi jarohat yetkazdi, deya xabar bermoqda Die Welt mahalliy politsiyaga tayanib.
Hodisa 13-iyun, shanba kuni sodir bo‘ldi. Jonivorni volyerni tark etib, odamga hamla qilishiga nima majbur qilgani noma’lum.
Voqeadan ko‘p o‘tmay, sirk ishchisi filni tinchlantirdi va volyerga qaytardi.
Huquq-tartibot organlari hodisa sabablari va vaziyatlari bo‘yicha tergov boshladi.
Izoh (0)