Namoyishlarda qatnashgan ayolga nisbatan ko‘zni yoshlantiruvchi gazni qo‘llagan turkiyalik politsiyachi 20 oylik qamoq jazosi va 600 ta daraxt ekishga hukm qilindi, deb xabar beradi The Hurriyet Daily News.
Istambul sudi qaroriga asosan Fatih Zengin o‘z vakolati doirasidan chetga chiqqanligi, noqonuniy kuch ishlatib shikast yetkazganligi uchun o‘n oy, hamda xizmat vazifasini suiiste’mol qilganligi uchun yana shuncha muddatli qamoq jazosini o‘tashi lozim.
Biroq shu sud majlisining o‘zida qarorning ushbu qismi ijrosi noma’lum muddatga to‘xtatildi. Shu tariqa, Zengin yarim yil davomida 600 ta daraxt ekishi va ularni parvarish qilishi lozim.
Izoh (0)