Kanadaning BlackBerry kompaniyasi Android operatsion tizimida ishlaydigan o‘zining ilk qurilmasini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Kompaniya shu yo‘l bilan bozorda avvalgi sotuv hajmini qaytarmoqchi. Ekspertlarning fikricha, bir paytlar yetakchi o‘rinlarda turgan BlackBerry hozirda smartfonlar bozorida bir foizdan kamroq ulushga ega.
Shu bilan birga, kompaniya o‘z platformasidan ham butunlay voz kechishni rejalashtirmayapti. BlackBerry vakillari o‘z operatsion tizimlari “xavfsizlik va mahsuldorlik bo‘yicha tengsiz ekanligini e’tirof etgan”.
Izoh (0)