Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida o‘ta foydali bo‘lgan, uzoq kutilgan xizmat ishga tushdi. Bu haqda portalning o‘zida ma’lum qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining yangi xizmati Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi ma’lumotlariga asosan bino buzilishi to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini yaratadi.
Ma’lumot olish uchun Yagona portalda maxsus elektron ariza to‘ldiriladi. Ariza yuborilgach, tizim foydalanuvchiga SMS orqali ariza qabul qilinganlik to‘g‘risida xabar yuboradi.
Xizmat natijasi bo‘lib bino buzilishi (buzilmasligi) haqidagi tegishli ma’lumot olish hisoblanadi. Agar bir ish kuni mobaynida foydalanuvchiga ma’lumot berish imkoni bo‘lmasa, unga rad etish sabablari ko‘rsatilgan javob xati yuboriladi.
Hozircha xizmat faqat Toshkent shahri uchun mo‘ljallangan.
Izoh (0)