Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston Jahon savdo tashkiloti (JST)ga kirish bo‘yicha qariyb 20 yil davom etgan muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Time.kz xabar bermoqda.

Foto: russia-insider.com

Foto: russia-insider.com

Tashkilot bosh kotibi Roberto Azevedu JSTga a’zo mamlakatlar va Qozog‘iston hukumatini “ushbu tarixiy qadam” bilan tabrikladi. “Qozog‘istonni JST tarkibida olqishlaydigan kunimni orziqib kutyapman”, - dedi u.

JST matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22-iyun kuni tashkilotga qo‘shilish bo‘yicha hujjatlar to‘plami rasmiy ma’qullashi uchun ishchi guruhga taqdim etiladi, shundan so‘ng tasdiqlash uchun tashkilot bosh kengashi va JSTning amaldagi 161 a’zosi e’tiboriga havola qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston JSTga qo‘shilish bo‘yicha 1996-yil 29-yanvar kuni ariza bergan.

JST – jahon savdo sohasida nazorat qilish vazifalarini amalga oshiruvchi yagona xalqaro tashkilotdir. Tashkilotning asosiy maqsadi savdo sohasini yanada liberallashtirish va maqbul raqobat sharoitlarini ta’minlashdan iborat.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston konlarida zaxira kamayib borayotgani ortidan tabiiy gaz qazib chiqarish rejasi bajarilmayapti
Dunyo
Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida chegarada janjal sodir bo‘ldi
Mahalliy
Nukusda -16,2 daraja sovuq qayd etildi