10-iyun kuni Misr janubida joylashgan Luksor shahridagi Karnak ibodatxonasi yaqinida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir nafar politsiya xodimi yaralangan. Portlash qurilmasi xudkush terrorchining mashinasida ishga tushgan. Har ikkala terrorchi nobud bo‘lgan.
Voqea joyida qutqaruvchilar va maxsus xizmat xodimlari ishlamoqda.
Izoh (0)