BMT bosh kotibi Pan Gi Munning rafiqasi Yu Sun Dek xonim 11-iyun kuni qirg‘izistonlik yetti yoshdan o‘n bir yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan A.Usmonov nomli Milliy kutubxonaning “Oilaviy mutolaa burchagi”da uchrashdi va ularga ikki aka-uka haqidagi koreys ertagini ingliz tilida o‘qib berdi, deb xabar beradi “Knews.kg”.
Shuningdek u o‘zining bolaligi Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi urush davriga to‘g‘ri kelgani uchun uning o‘yinchoqlari guruch donalari va mayda toshchalar bo‘lganligi haqida bolalarga so‘zlab berdi.
Bolalar ertak uchun minnatdorchilik tariqasida unga kigiz o‘tov sovg‘a qildi. Tadbir yakunida ta’lim vaziri Elvira Sariyeva Yu Sun Dek xonimga “Manas”ning ingliz tilidagi nusxasini taqdim qildi.
Izoh (0)