AQShning Elio Motors kompaniyasi narxi 6,8 ming dollar bo‘lishi kutilayotgan uch g‘ildirakli o‘ta tejamkor avtomobilning beshinchi prototipini ishlab chiqishni boshlaganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.
P5 nomini olgan tajriba mashinasiga uch silindrli 0,9 litrli benzin motori va Yaponiyaning Aisin firmasining bir necha rejimga ega mexanik tezlik uzatish qutisi o‘rnatilgan. Avtomobil aralash rejimda 100 kilometrga 2,8 litr yoqilg‘i sarflashi kutilmoqda.
Amerikaliklar yana 26 ta prototipni qurib, sinab ko‘rgach, modelni seriyali chiqarishni boshlaydi. Hozirgacha 43 mingga yaqin buyurtma olingan avtomobillarni ishlab chiqarish 2016-yilda Luiziana shtatidagi Shrivport shahrida boshlanishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)