Xitoyning Yanlin shahri olimlari uzoq yillik tadqiqotlari samarasi o‘laroq baliq xususiyatlariga ega mol go‘shtini o‘ylab topishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Ular irsiy muhandislik yordamida sigir embrionlariga mol go‘shtida mavjud bo‘ladigan omega-6 yog‘ kislotalarini baliqqa xos omega-3 yog‘ kislotasiga aylantiruvchi qo‘shimcha gen yubordi.
Tajriba ostidagi uchta qoramol to‘rt yoshga kirgach, ularning go‘shti tatib ko‘rildi va omega-3 yog‘ kislotalari miqdori besh marta ko‘paygani ma’lum bo‘ldi. Tadqiqot rahbari Gon Chenning so‘zlariga ko‘ra, baliqnikidek foydali go‘shtga ega bo‘ladigan qoramol zotini yetishtirishga hali erta bo‘lsa ham, bu borada dastlabki qadamlar tashlandi.
Izoh (0)