Hindiston sharqida politsiya xodimlari bilan yuz bergan to‘qnashuvda 12 nafar maoist jangari o‘ldirildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”. Politsiya xodimlari va jangarilar o‘rtasidagi otishmalar Hindistonning Jarkxand shtati, Palamu okrugida 9-iyun, seshanba tongida sodir bo‘ldi.
Otishma natijasida 6 nafar huquqni muhofaza qilish organi xodimlari yaralandi. Maoist jangarilar, ularni Hindistonda naksalitlar deb ham atashadi, asosan changalzorlarda yashirinib olib, vaqti-vaqti bilan mansabdorlar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga nisbatan hujumlar uyushtiradi.
Maoistlar harakati ayniqsa Hindistonning Bixar, Chxattisgarx, Jarkxand, Orissa va Maxarashtra shtatlarida faol tus olgan. Ular harakat qilayotgan hududlarda haqiqiy partizanlik urushlari ketmoqda.