Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan Jahon Chempionati−2018 saralashining ikkinchi bosqich o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonini boshladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
O‘zbekiston ushbu saralash bosqichidagi dastlabki o‘yinini 16-iyun kuni Pxenyanda KXDR terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yinga tayyorgarlik doirasida milliy terma jamoa 11-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Toshkentdagi yig‘in 14-iyunga qadar davom etadi. So‘ngra jamoa Shimoliy Koreyaga yo‘l oladi. Avvalroq, ushbu yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilingan edi.
Izoh (0)