Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond Rossiya bilan munosabatlardagi keskinlik kuchayayotgan sharoitda London mamlakat hududida AQSh yadro raketalarini joylashtirishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning harbiy faolligi oshib borayotgani, jumladan Kaliningradga raketalar joylashtirilganiga javoban Buyuk Britaniya Vladimir Putinga “aniq signallar” berishi kerak.
Xammondning ta‘kidlashicha, AQSh yadro raketalarini joylashtirish imkoniyati hozircha nazariyligicha qoladi, chunki G‘arb Ukrainadagi mojaro davom etayotgan sharoitda “ortiqcha provokatsiyalar”ni boshlashni va qurollanish poygasining yangi bosqichini boshlashga tashabbus ko‘rsatishni baribir istamaydi.
Izoh (0)