Vox internet nashri maxsus “qo‘l” yordamida o‘yinchoqlarni tutishga qaratilgan o‘yin avtomatida yutish nega qiyinligi bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqoti natijalarini chop qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Nashr bunday avtomatlardan birining qo‘llanmasini o‘rganib, manipulyatorning “qo‘li” faqatgina ba’zida o‘yinchoqni ushlashga dasturlanganini aniqlagan. Avtomat egasi “qo‘l” o‘yinchoqni qanday ehtimol bilan qisib olishini o‘rnatishi mumkin. Ehtimollik 0 dan 50 foizgacha farq qiladi. Shuningdek, “qo‘l” ushlangan o‘yinchoqni tashlab yuborishi imkoniyatini ham belgilab qo‘yish mumkin.
https://youtu.be/KnMKCHqXLow
Bundan tashqari, mashinani kerakli foydalilik darajasiga ham moslab qo‘yish mumkin. Avtomatning o‘zi bunga qarab o‘yinlardan nechtasi yutuqli bo‘lishini belgilaydi. Masalan, bir o‘yin narxi 1000 so‘m, o‘yinchoq 15 000 so‘m bo‘lsa, foydalilik 50 foizga belgilanganda avtomat har 23 ta o‘yindan bittasidagina yutuq chiqaradi. O‘yinchi esa bundan xabardor bo‘lmaydi.
Izoh (0)