Xitoylik ishlab chiquvchilar kishilarning yuzlarini tanish xususiyatiga ega bo‘lgan bankomatni taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Informing.ru”.
U kishining yuzi bank kartasi egasining identifikatsiya raqamiga mos tushishi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tmagunicha unga pul chiqarib bermaydi.
Biometrik bankomat ichki kamera bilan jihozlangan bo‘lib, u foydalanuvchining yuzini suratga oladi, so‘ng uni o‘z ma’lumotlar bazasidagi tasvirlar bilan solishtiradi.
Ushbu ixtiro bank kartalari bilan bo‘ladigan jinoyatlar oldini olishda samara berishi kutilmoqda.
Izoh (0)