Counterpoint agentligi e’lon qilgan oylik hisobotda aytilishicha, bozorga ikki oy avval chiqarilgan Galaxy S6 va S6 Edge smartfonlari dunyoda sotilish hajmi bo‘yicha iPhone 6 va 6 Plus’dan ortda qoldi. Bu haqda “Mail.ru” xabar bermoqda.
Hisobotda tahlilchilar 39 ta mamlakatda faqat ichki kanallar (distributsiya, ommaviy sotuvlar) bo‘yicha savdolarni baholadi.
Hisobotga ko‘ra, 2015-yil aprelida dunyoda 6 millionta smartfon sotilgan. Aniqlanishicha, Galaxy S6 modeli S6 Edge’ga qaraganda yaxshiroq sotilmoqda. Aprelda sotilgan Samsung smartfonlarining 21 foizini aynan Galaxy S6 tashkil qildi.
2015-yil aprelida eng ko‘p sotilgan smartfonlar o‘ntaligi quyidagicha:
- Apple iPhone 6
- Apple iPhone 6 Plus
- Samsung Galaxy S6
- Samsung Galaxy S6 Edge
- Xiaomi Redmi 2
- Samsung Note 4
- Apple iPhone 5S
- Samsung Galaxy S5
- Xiaomi Redmi Note
- Microsoft Lumia 435
Izoh (0)