Xitoy politsiyasi 1-iyun oqshomida Yanszi daryosida cho‘kib ketgan “Sharq yulduzi” yo‘lovchi teploxodining kapitani va katta mexanigini hibsga oldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Kema bortida jami 458 kishi bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolaridan 13 kishi qutqarilgan, besh kishining jasadi topilgan. Teploxod kuchli to‘fon vaqtida ag‘darilgan va ikki daqiqa ichida cho‘kib ketgan. To‘ntarilgan korpus ichida havo pufaklari hosil bo‘lib, tirik qolganlar bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Nankindan Chunsinga harakatlanayotgan daryo sayyohlik teploxodi bortidagi odamlarning 47 nafari ekipaj a’zolari, besh nafari gidlar, 405 nafari esa yo‘lovchilar bo‘lgan. Ularning barchasi Xitoy fuqarolari, asosan keksalar ekanligi aytilgan.
Izoh (0)