Kanada sudi yirik tamaki ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga ular chekishning zarari haqida ogohlantirmaganidan shikoyat qilgan fuqarolarga 15,5 milliard Kanada dollari (12,4 milliard AQSh dollari) to‘lash majburiyatini yukladi, deb xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
Tamaki ishlab chiqaruvchilarning kashandalarga ma’naviy zarar uchun to‘laydigan ushbu tovoni Kanada tarixidagi eng yirigi bo‘ladi.
Imperial Tobacco, Rothmans Benson & Hedges va JTI-MacDonald kompaniyalari ushbu qaror yuzasidan appelyatsiyaga topshirmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)