“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining “Samarqand”, “Urganch” va “Buxoro” aeroportlari “Aeroport” fuqarolik aviatsiyasi uyushmasining 2014-yil yakunlari bo‘yicha “MDH mamlakatlarining eng yaxshi aeroporti” tanlovida sovrindor bo‘ldi, deb xabar bermoqda aviakompaniya rasmiy sayti.
“Samarqand” aeroporti 200 ming — 500 ming yo‘lovchi tashish hajmi bilan “Faollik va sobitqadamlik uchun” nominatsiyasi bo‘yicha, “Urganch” aeroporti esa xuddi shu hajm bilan “Ishlab chiqarishni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” nominatsiyasida taqdirlandi.
“Buxoro” aeroporti esa yashirin ovoz berish yo‘li bilan yiliga 200 minggacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi aeroportlar orasida “MDH mamlakatlarining eng yaxshi aeroporti” deb topildi.
Izoh (0)