“Kasperskiy laborotoriyasi” mutaxassislari asosan Tailand, Hindiston va AQShda joylashgan kichik kompaniyalar xodimlarining ijtimoiy tarmoqlardagi minglab akkauntlarini o‘g‘irlagan Grabit nomli kiberjosuslik kampaniyasini aniqladi, deb xabar bermoqda “Infocom.uz”.
Grabit kiberoperatsiyalari izlari BAA, Germaniya, Isroil, Kanada, Fransiya, Avstriya, Shri Lanka, Chili va Belgiyadan ham topilgan. Virus Microsoft Word hujjati ko‘rinishidagi ilova bilan jo‘natilgan elektron xatlar orqali tarqatiladi. Foydalanuvchi uning ustiga bossa, josus dasturni yuklab oladi va xakerlar “qurbon”ning parollari va akkauntlarini boshqarish imkoniga ega bo‘ladi.
Qayd etilishicha, virusning faqatgina bitta boshqaruvchi serveridan 2997 ta parol, 1053 ta elektron xat, 3023 ta foydalanuvchi nomi va Outlokk, Facebook, Skype, Google Mail, Pinterest, Yahoo, LinkedIn, Twitter singari ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari va qator bank hisoblaridan iborat 4928 ta turli ichki va tashqi serverlar topilgan. Grabit kampaniyasi haligacha davom etayotganidan ogohlantirilib, undan himoyalanish usuli ham taqdim etilgan.
Izoh (0)