Yahoo o‘z pochta serverlariga boshqa provayderlar manzillaridan yuborilgan elektron xatlarni noqonuniy ravishda o‘qigani uchun, AQShda sud foydalanuvchilar guruhiga kompaniya ustidan kollektiv da’vo qo‘zg‘ashga ruxsat berdi, deya xabar qilmoqda Euronews.
Olingan ma’lumotdan Yahoo o‘z pochtasining 275 million nafar obunachilari uchun “maqsadli” reklamani yaxshilash va reklamadan tushadigan daromadni oshirish yo‘lida foydalangan.
Da’vogarlar xatlarning o‘qilishini to‘xtatish shuningdek tovon puli to‘lashni talab qilmoqda. Nashr yozishicha, 2014-yilda Yahoo daromadining 79 foizi qidiruv va displey reklamasiga bog‘liq bo‘lgan.
Izoh (0)