Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yetti yoshli qizcha uyiga yig‘lab kelib, notanish ayol uning qulog‘idan ziraklarini yechib olib, “buni biror kishiga aytsa, topib urishini” aytib, qochib ketganini ma’lum qildi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
O‘zini xafa qilgan ayolning belgilarini eslab qolgan qizcha ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga batafsil tasvirlab bera oldi.
Shu tariqa ushbu ishni sodir etganlikda gumonlanib Qo‘qon shahrida yashovchi 23 yoshli ayol tezda qo‘ga olindi.
Izoh (0)