Chechenistonda selfi fotosuratga tushish uchun beton plitaning ustiga chiqishga uringan 15 yoshli o‘smir uning ostida qolib halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Grozniyning Sayxanov ko‘cahsida 15 yoshli o‘smir suratga tushish maqsadida yer maydoni atrofidagi beton to‘siq ustiga chiqmoqchi bo‘lgan, biroq plitalardan biri yiqilib, uni bosib qolgan”, − deyiladi Rossiya Tergov qo‘mitasining Checheniston bo‘limi xabarida.
Olingan jarohatlar tufayli o‘smir voqea joyida jon bergan. Hozirda tergov organlari beton to‘siq o‘rnatilgan yer uchastkasi egasining ismini aniqlashtirmoqda.
Izoh (0)