Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev 22-may kuni Ostona iqtisodiy forumida “yangi yuqori tezlikdagi multimodal transport marshruti – Yevroosiyo qit’alararo yo‘lagi”ni tuzishni taklif qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
“Ushbu koridor Qozog‘istonning butun hududi bo‘ylab o‘tib, Osiyodan Yevropaga va aksincha yo‘nalishda uzluksiz yuk tashish imkonini beradi. Bu okeandan ko‘ra ancha yaqinroq. U yaqinlashtiradi va xavfsizlikka zamin yaratadi, chunki biz uchun xavfsizlik har doim foydalidir”, − dedi Nazarboyev.
Qozog‘iston Prezidenti ushbu taklifni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning o‘zaro foydaliligi borasida gapirayotib bildirgan. U ushbu loyihani “yangi Ipak yo‘li” deb atagan.
Izoh (0)