Napoleon Bonapart ustidan joriy haftada sud o‘tkazishni rejalashtirgan Fransiya munozaralar federatsiyasi sudni iyun oyiga qoldirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Endi imperator ustidan sud “Buyuk armiya”ning Vaterloo jangidagi mag‘lubiyatining bevosita 200 yilligi arafasida bo‘lib o‘tadi. Qayd etilishicha, 1815-yil yozida Napoleon Muqaddas Yelena oroliga takroran surgun qilinib, o‘z manfaatlarini sudda himoya qilishga ulgurmagan.
Tashkilotchilar ushbu sud orqali fransiyaliklarning e’tiborini tarixga qaratmoqchi. Ayblovchilar ham, oqlovchilar ham Fransiyaning eng nufuzli oliygohlari – Sorbonna universiteti, Siyosiy fanlar instituti, Oliy savdo maktabida o‘tkazilgan tanlovlar orqali saralab olingan. Shuningdek, hakamlar ham alohida saralashdan o‘tgan.
Izoh (0)