Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-23 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Foto: the-uff.com

Foto: the-uff.com

Osiyo Chempionati saralash “B” guruhi o‘yinlari so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Neytral mamlakat − BAA mezbonlik qilgan “B” guruhi bahslarida peshqadamlik qilayotgan Iordaniya terma jamoasi saralashning so‘nggi turida Kuvayt bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu natijadan so‘ng Iordaniya 7 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va OCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Kuvayt olimpiya terma jamoasi 4 ochko bilan guruh bahslarini yakunladi.

Shu tariqa, saralashning “E” guruhida ishtirok etgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 6 ochko bilan guruhlarda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar ichida Kuvayt terma jamoasidan yaxshiroq ko‘rsatgichga erishdi va Osiyo Chempionatiga yo‘llanma oldi.

Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Bangladeshda bo‘lib o‘tgan Osiyo Chempionati saralash bahslarida Suriya, Hindiston va Bangladesh olimpiya terma jamoalariga qarshi bahs olib borgan va ushbu guruhda 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, 10 saralash guruhi g‘oliblari va barcha guruhlarda eng yaxshi natijaga erishgan 5 ta ikkinchi o‘rinni qayd etgan jamoalar OCh final bosqichiga yo‘l oladi.

Qayd etish joiz, Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Chempionati bahslari 2016-yilda Rio-De-Janeyro mezbonlik qiladigan Olimpiada o‘yinlariga saralash vazifasini o‘tab beradi.

U-22 OCh, saralash.“B” guruhi

1-tur.

  • Iordaniya - Pokiston 5:0
  • Qirg‘iziston - Kuvayt 0:0
2-tur.
  • Qirg‘iziston - Iordaniya 0:4
  • Pokiston - Kuvayt 0:2
3-tur.
  • Iordaniya - Kuvayt 3:3
  • Qirg‘iziston - Pokiston 1:3

Izoh
Asosiy yangiliklar
Salomatlik
Ishtahangiz karnaymi: hamisha ovqat yeyish istagi qiynaganda nima qilish kerak?
Dunyo
“O‘lim junglisi”: 400 mingga yaqin muhojir halokatli yo‘l orqali Panamadan AQSHga o‘tmoqda
Mahalliy
Toshkent va Andijon o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi