O‘zbekiston ayollar futboli, ayollar mini-futboli va sohil futboli assotsiatsiyasi Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Oliy ta’lim muassasalari hamda xorij OTMlarining O‘zbekistondagi filiallari talaba qizlaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida futbol turnirini tashkil qiladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘FF majlislar zalida turnirning tashkiliy masalalari bo‘yicha majlis bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa shu yilning 22−28-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning guruh bosqichi o‘yinlari O‘FF qoshidagi sun’iy qoplamali maydonda o‘tkazilsa, final uchrashuvi Toshkentdagi “Bunyodkor” markaziy stadionida bo‘ladi. Turnirga qur’a tashlash marosimi 2015-yilning 4-iyun kuni soat 11:00 da, “Bunyodkor” stadioni majlislar zalida o‘tkaziladi.
Izoh (0)