Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

42 yoshli Kioko Hamada “Men sen edim” ijtimoiy loyihasi uchun ikki yil davomida o‘zini qari ayol qilib ko‘rsatdi, deb xabar qiladi “Tjournal.ru”.

Foto: tjournal.ru

Foto: tjournal.ru

Kioko Hamada Tokioda tug‘ilgan va 15 yoshida Nyu-Yorkka ko‘chib kelgan. U AQShda ta’lim oldi va ko‘plab nashrlarda suratkash bo‘lib ishladi.

U bir qancha vaqt davomida ko‘ngillilik ishi bilan shug‘ullanib, yolg‘iz qariyalardan xabar olganidan so‘ng “Men sen edim” loyihasi dunyoga keldi.

2012-yilda Hamada yaponiyalik yolg‘iz qariya Kikuchio-san personajini o‘ylab topdi va grim qilib, kampir obrazida ko‘chalarni aylana boshladi. Suratkashning so‘zlariga ko‘ra, agar haqiqiy hayotda Kikuchio-sanga duch kelganida u Hamadaga “Men sen edim” degan bo‘lardi.

Begonalar yaponiyalik “qariya”ga mehribonchilik qilgan. Ammo u Kikuchio-san obrazida o‘zini ko‘rinmas odamdek his etgan.

Ikki yil davomida u ko‘plab suratlar oldi, ulardan 99 tasini ko‘rgazmaga qo‘ydi. Hamada o‘z loyihasini kitob shaklida chop etmoqchi va buning uchun 10 ming dollar yig‘ishga umid qilyapti. Hozirga qadar suratkash Kickstarter orqali 4 ming dollardan ko‘proq pul yig‘ishga erishdi.

Foto: tjournal.ru

Foto: tjournal.ru

Foto: tjournal.ru

Foto: tjournal.ru

Foto: tjournal.ru

Foto: tjournal.ru

Foto: tjournal.ru

Foto: tjournal.ru

Foto: tjournal.ru

Foto: tjournal.ru

Foto: tjournal.ru

Foto: tjournal.ru

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
“Daryo kundaligi”da 28-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi