Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final bochqichi doirasidagi “As Sadd” (Qatar) – “Laxviya” (Qatar) uchrashuvini Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar boshqarib boradi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
19-may kuni Dohada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Ravshan Ermatov bosh hakam sifatida ishlasa, unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar yordam beradi.
Ma’lumot uchun, Qatarning “Lahviya” klubi “A” guruhida 13 ochko to‘plab, birinchi o‘rin bilan keyingi bochqichga yo‘l olgan. Bu guruh o‘yinlarida O‘zbekistonning “Bunyodkor” klubi ham ishtirok etgandi. “As-Sadd” ikkinchi o‘rinni egallab, nimchorak final bosqichiga yo‘l olgan “C” guruhida esa “Lokomotiv” qatnashgandi.
Izoh (0)