Braziliyada yashovchi 51 yoshli ayol o‘zining 21-farzandini dunyoga keltirdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Shifokorlar ayolni tug‘ruq yaxshi yakunlanmasligidan ogohlantirgan, shuningdek, homiladorlik vaqtida uning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar kuzatilgan, biroq hammasi yaxshi yakun topgan.
Hozir ayol ham, uning og‘irligi 3 kilogramm, bo‘yi 46 santimetr keladigan o‘g‘li ham o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u ilk farzandini 13 yoshida dunyoga keltirgan.
Izoh (0)